Bugun erta tongdan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayramona tadbirlar ko‘tarinki ruhda boshlandi. Universitetning barcha kafedralarida ushbu qutlug‘ sana keng nishonlanib, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar yangradi.
✔️Universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullari hamda tyutorlar tashabbusi bilan talaba-qizlar tomonidan 14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitetning professor-o‘qituvchilari va talaba-yigitlari Vatanga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bilan kutib olindi. Ushbu jarayonda Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va fidoyilik timsoli bo‘lgan o‘g‘lonlarga chuqur hurmat va ehtirom izhor etildi.
🎊Yurtimizning mard himoyachilarini ushbu sharafli bayram bilan chin qalbdan tabriklaymiz!