🗓 Joriy yilning 5–6 sentyabr kunlari O‘zbekiston Fijital sport federatsiyasi va O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida universitet sport majmualarida Fijital futbol (FIFA 24 Futbol 5x5), Fijital basketbol (3x3 EA), Lazertag va Just dance yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslari yakunlandi.
🗣 Bugun, 6 sentyabr kuni musobaqaning barcha yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlandi va ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🟢 Tantanali marosimda Fijital sport federatsiya raisi Oleg Pekos, universitetning Yoshlar masalalari va madaniy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov ishtirok etdi. Barcha g‘olib va sovrindorlar kubok, medallar, diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🏆 Musobaqa g'oliblari bilan tanishing:
🎮⚽️ Fidjital futbol (FIFA 24 + 5x5 futbol) yo‘nalishida:
🥇 — Toshkent viloyati "Olimpik" jamoasi
🥈 — NGMK "Alpomish" jamoasi
🥉 — Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani jamoasi
🏀 Fidjital basketbol yo‘nalishida:
🥇— "BK SKA" jamoasi
🥈 — "Slam Dunkers" jamoasi
🥉— "Samarqand" jamoasi
💃 Just Dance yo‘nalishida:
🥇— Abduxalikova Sagdiana, Shukurullayeva Sabina
🥈 — Boyxurazova Dilrabo, Geniyeva Laziza
🥉 — Rustamova Shaxribonu, Kalmurzayeva Tumaris
🔫 Lazertag yo‘nalishida:
🥇— "O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti" 1-jamoasi
🥈— "Qoraqalpoq davlat universiteti" jamoasi
🥉 — "O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti" 2-jamoasi
🔤 Ushbu musobaqa yoshlar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi — fijital sport ularni maydonda ham, kiber olamda ham birlashtirib, yangi g‘alabalarga ilhomlantirdi!