✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti Tangriyev Abdulla Tovoshevich 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Malakali dzyudochilarni taktik tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi pedаgogikа fаnlаri bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD) dissertatsiyasi ishini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida muvaffaqiyatli himoya qildi.
📱Ma'lumot o'rnida:
🟣Tangriyev Abdulla Tovoshevich 1981-yil
28-mart kuni Surxandaryo viloyatida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Surxondaryo viloyati Boysun tumani 38-sonli o‘rta ta’lim maktabiga qabul qilinib, hozirgi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazini tugatgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
⏺2021-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
A.Tangriyev - 1996-2019-yillarda dzyudo sport turi bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan. O‘z sport amaliyot davomida 12 karra O‘zbekiston chempioni hisoblanadi.
🔘2000-yilda Hong-Kongda bo‘lib o‘tgan Osiyo yoshlar chempionati chempioni.
8-marta Osiyo chempionati ishtrokchisi sifatida 1 martta kumush medali, 1 marta bronza medali hamda 2003-2005-2007-2008-2011-2015- yillarda kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni. 5 martta Osiyo o‘yinlari sovrindori, 4 marta Jahon chempionati sovrindori hamda chempioni hisoblanadi.
🟡9 marta IJF Grand Slam va Grand Prix musobaqalari chempioni hamda sovrindori. 5 marta Yozgi universiada o‘yinlari chempioni hamda sovrindori.
4 karra Olimpiyada o‘yinlari ishtrokchisi va 2008-yil Pekin Olimpiyadasi kumush medali sohibi.
➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2003-yil “Shuxrat medali”, 2007-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, 2008-yil “O‘zbekiston Iftixori” faxriy unvonlari berilgan.
Hozirgi kunda A.Tangriyev dzyudo sport turi bo‘yicha oliy toifali trener-o‘qituvchi sifatida O‘zbekiston, Osiyo chempionlari hamda Jahon chempionlari hamda Jahon o‘yinlari sovrindorlarini tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Oilali, to‘rt nafar farzandning otasi.