O'zDJTSU jamoasi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat uyushtirishdi.
⚡️6-sentyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-bosqich talabalariga El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini eslash, zamondoshlarimiz, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tarbiyalash hamda yurtimizning diqqatga sazovar joylari bilan tanishtirish maqsadida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
✅Talaba-yoshlar muzeydagi mustabid tuzum davrida ommaviy qatag‘onlarda qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning hurmati va xotirasi yuksak darajada ifodalangan tarixiy hujjatlar va eksponatlar bilan tanishish asnosida mustaqillik eng buyuk ne'mat ekanligini, uni ko'z-qorachig'iday asrab, ta'limda, ma'naviyatda, sportda tengdoshlariga o'rnak bo'lish orqali ona yurtimiz tinchligini asrash va ma'rifatparvar ajdodlarimizga munosib avlod bo'lib yetishishga ahd qildilar.