⏺“Birinchi kurs maktabi” doirasida ota-onalar forumi o‘tkazildi.
🔺Bugun, 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan bu yil universitetga qabul qilingan birinchi kurs talabalari ota-onalari ishtirokida “ota-onalar forumi” tadbiri o‘tkazildi.
✅Forum avvalida ota-onalarga universitet bo‘ylab kichik ekskursiya uyushtirildi va yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirilib, talabalarga beriladigan imtiyozlar, ularning bo'sh vaqtini samarali o'tkazish uchun tashkil etilgan to'garaklar va boshqa shu kabi masalalar haqida to'liq ma'lumotlar berildi.
🟢Shundan so'ng universitet madaniyat saroyida Yoshlar masalalari va madaniy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov ishtirokida birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ota-onalarga universitetda talabalar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilganini va ushbu yaratilgan sharoitlar, qulayliklardan oqilona, foydalanish hamda eng muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali talabaning ta'lim-tarbiyasini hamjihatlik bilan nazorat qilish zarurligi xususida so‘z bordi.
🗣Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv so‘ngida ota-onalar ham farzandlari uchun munosib sharoitlar va g'amxo'rlik ko‘rsatilayotgani uchun davlatimiz rahbari va sport sohasi mutasaddilariga o‘z tashakkurlarini izhor etishdi.