✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining barcha kafedralarida yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Mazkur darslarda talabalarga mustaqillik davrida mamlakatimizda barqaror tinchlik va osoyishtalik muhitining yaratilishi, sport sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
⏺“Mustaqillik darslari”da universitetimizning faxriy professor-oʻqituvchilari va o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishgan yetuk sportchi-mutaxassislar ishtirok etib, yosh avlodni fidoiy va vatanparvar, shijoatli va azmi qat'iy, sportsevarlik va g‘alabaga intilish, shuningdek, mustaqillikni qadrlash ruhida tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shmoqda.