✅Yangi bosqich, yangi marralar: O‘zDJTSUda birinchi kurs talabalari uchun o‘quv yili boshlandi.
🔺Bugun, 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan “Birinchi kurs maktabi” dasturi doirasida tantanali tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlangan tantanali tadbirda Sport vazirligi vakili M.Arziqulov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
🗣Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nafaqat mamlakatimizda, balki butun MDH davlatlari orasida ham o‘zining ilmiy salohiyati, zamonaviy ta’lim dasturlari, yetuk kadrlar tayyorlash tajribasi va xalqaro hamkorlikdagi nufuzli o‘rni bilan e’tirof etib kelinayotgani, bunga yorqin misol sifatida joriy yilning 24-iyul 3-avgust kunlari U19 yosh toifasida Voleybol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari universitetimizda o‘tkazilgani hususida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
📱Tadbir ishtirokchilari yangi o‘quv yilida ilk qadam qo‘yayotgan talabalarga 4 yil davomida samarali va muvaffaqiyatli ta’lim olishlari, yangidan yangi sport marralarini zabt etishlari hamda o‘z ustida muntazam ishlash orqali yetuk sportchi-murabbiy bo‘lib yetishishlarini tiladilar.
✔️Shuningdek, “Birinchi kurs maktabi” dasturining boshlanishi talabalarga nafaqat akademik bilimlarni egallash, balki universitet muhitiga tezkor moslashish, yangi do‘stlar orttirish, ijtimoiy faol bo‘lish va o‘z qobiliyatlarini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.
🔔Shundan so‘ng, barcha talabalar “Birinchi kurs maktabi” doirasidagi universitet bilan tanishish va mustaqillik dars mashg‘ulotlariga yo‘l oldi.