Prezidentning 2024-yil 14-fevraldagi qarori asosida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 10-iyun kuni Respublika ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoshlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi, yoshlar masalalari boʻyicha rais maslaxatchisi Elyor Ikromov, “O‘zmilliybank” AJ kelajakka qadam loyixasi boʻyicha ma'sul xodimi Ilhomov Azimjon Ilyosovich bilan hamkorlikda markaz mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.
Seminar davomida:
— Talabalar tomonidan o‘z biznes g‘oyalari bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilish tartibi;
— Bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 3 turdagi kredit paketlari — “Kelajakka qadam” (10 mln so‘mgacha), “Kelajak uchun start” (100 mln so‘mgacha) va “Yorqin kelajak sari” (1 mlrd so‘mgacha) haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bitiruvchi yoshlar uchun bugungi kunga qadar ushbu dastur doirasida 100 mln so‘mlik loyiha moliyalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda yana 100 mln so‘mlik kredit paketini rasmiylashtirish jarayonlari olib borilmoqda.
Dastur yoshlarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish, tadbirkorlikni boshlash va moliyaviy qo‘llovga ega bo‘lishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.