#tanlov
✔️Xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “Farovon oila sari” shiori ostida tashkil etilgan tanlov yuqori saviyada davom etib, tanlov doirasida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
☄️Jumladan, 4-iyun kuni universitetning ayol pedagog-xodimlari va ularning farzandlari ishtirokida “Oila kvesti” – oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, ishonch va jamoaviylikni mustahkamlovchi savollar sinovi, “Borliging uchun rahmat!” – oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbat va minnatdorchilik tuyg‘ularini she’riy shaklda ifoda etish hamda “Biz sportchi oilamiz” shiori ostida stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
📍Tanlov davomida ishtirokchilar barcha shartlarni yuqori saviyada bajardilar. Aytish joizki, bu tadbirlar oila mustahkamligi, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kabi insoniy qadriyatlarni yorqin ifoda etdi.
📜🎁Yakunda tanlovda faol ishtirok etgan oilalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.