#dolzarb90kun
✔️Xabaringiz bor, Prezident tashabbusi bilan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida va hududlarda qator amaliy ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.
⚡️Jumladan, 2025-yil iyun oyi “Yoshlar bandligi oyligi” deb eʼlon qilinib, bu oy davomida “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida yoshlarga kasbiy yoʻnalish berish, ularni ish bilan taʼminlash, zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga qaratilgan tizimli va samarali tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan.
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham mazkur dastur doirasida talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish va ularda yuksak kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida oliygoh talabalari tyutorlar hamrohligida Chirchiq shahrida joylashgan Markaziy kutubxonaga sayohat uyushtirdi.
📚Sayohat davomida sportchi talabalar mutaxassislar tomonidan kutubxonaning tashkil etilish tarixi, umumiy kitob fondi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish barobarida yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishni ta’minlovchi badiiy adabiyotlarni ham saralab oldilar.
‼️Eslatib o‘tamiz, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasidagi tadbirlar davom etadi.