#xalqaro_hamkorlik
✔️Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Turkmaniston Jismoniy tarbiya va sport institutining Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Berdimurad Avezov hamda oliygohning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Bahrom Musayev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📍Unda o'quv-uslubiy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi kabi muhim masalalar bo‘yicha takliflar bildirilib, kelgusidagi maqsad-rejalar belgilab olindi.
📚🎁Uchrashuv yakunida esa Turkmaniston Jismoniy tarbiya va sport instituti kutubxonasi uchun hamkorlik doirasida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan va nashrdan chiqarilgan o'quv adabiyotlari to‘plami hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.