#seminar_trening
👩💼2025-yil 2-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik, zoʻravonlik va o'zboshimchalik holatlarining oldini olishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
➡️Unda universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi D.Ismailova hamda barcha ixtisoslik kafedralarining xotin-qizlar bo‘yicha mas’ullari ishtirok etdi.
💬Seminar treningda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, tegishli qonunchilik va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan maʼlumot berilib, xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari keng muhokama qilindi.
⚡️Yakunda mazkur yo‘nalish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish va tizimli yondashuvni taʼminlash borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.