kitob_aksiyasi
🏆Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda boyitib borish maqsadida oliygoh professor-o‘qituvchilari tomonidan turli aksiyalar tashkil etib kelinadi.
✅Navbatdagi aksiya tashabbuskori universitetning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bo‘ldi. Kafedra professor-o‘qituvchilari E.Bayturayev va S.Atajanov tomonidan sambo sport turi boʻyicha yangi oʻquv qoʻllanma to‘plami universitet kutubxonasiga taqdim etildi.
📍Aytish joizki, ushbu oʻquv qoʻllanmalar talabalar bilimi va dunyoqarashini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, kelgusidagi sambo boʻyicha ilmiy izlanishlarga poydevor boʻlib xizmat qiladi.