🤝hamkorlik
🖥1-2 iyun kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tmoqda
📍Samarqand shahrida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yirik forum bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli tadbirda Xitoyning Shensi provinsiyasi hamda O‘zbekistonning 30 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
🇺🇿🇨🇳Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Xitoyning Shensi shahri gubernatori Zhao Ganglar nutq so‘zlab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy va texnologik almashinuvning muhimligi haqida to‘xtalib o‘tishdi.
👨💻Forum doirasida bir qator hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Rashid Matkarimov ham tadbirda ishtirok etdi va Si’an jismoniy tarbiya universiteti rahbari janob Liu Zishi bilan birgalikda ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida talabalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuv sport ta'limi sohasida ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
🚛Mazkur forum ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro manfaatli ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.