#bodibilding
2025-yil 24-25 may kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Oʻzbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi hamkorligida yurtimizda ommalashib borayotgan bodibilding sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilish marosimi universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Mirzanov, Oʻzbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi vitse-prezidenti Timur Sabirovning kirish so‘zlari bilan boshlandi.
Musobaqa davomida 50 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, bodibilding sport turidan o‘z mahoratlarini namoyon etdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2025-2026 o‘quv yilidan bodibilding va fitnes yo‘nalishlarida ham qabullar bo‘lib o‘tadi.