#davra_suhbati
✔️2025-yil 22-may kuni ana shu mavzuda universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish, Futbol, Yengil atletika hamda Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari tomonidan 22-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
➡️Unda oliygohning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Ismoilova, Chirchiq shahar bosh otinoyisi Muhabbat Zokirova, Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.
💬Suhbat davomida xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, oilaga bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida turli fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligi, unda xotin-qizlarning o‘rni, farzandlar tarbiyasi va qiziqishlariga ota-onalarning munosabatlari qanday bo‘lishi zarurligi yuzasidan ham foydali maslahatlar berildi.
📜Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan davra suhbati yakunida bir qator ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.