#stol_tennisi
#musobaqa
🏓Kecha, 22-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Sportchi – yurt himoyachisi" shiori ostida talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib etishga qaratilgan Respublika sport oyligi munosabati bilan M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining O‘zbekiston Respublikasi Chirchiq filiali hamda oliygoh talabalari o‘rtasida sportning stol tennisi turidan musobaqa bo'lib o'tdi.
✔️Hamkor oliy ta'lim muassasalari bilan do'stlik va xalqaro aloqalarni mustahkamlash va ommaviy sport turlarini yoshlar orasida yanada keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqaning ochilish marosimida universitet hamda filial rahbariyati, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
✍️Talabalarning stol tennisidan mahorat va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, mazkur sport turi bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini namoyon etishda amaliy tajriba bo‘lib xizmat qilgan qizg‘in uchrashuvda do‘stlik g‘alaba qozondi.
🏅📜🎁Yakunda musobaqa qatnashchilariga diplom medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.