#universitet_hayotidan
#teatr_tomoshasi
Joriy yilning 15-mart kuni universitet tyutorlari Atanazar Nurmetov, Umid Shomirzayev, Rasbergan Negmatullayev,oliygoh Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti mas’ullar bilan birgalikda O‘zbekiston Davlat satira teatrida “Chig‘iriq” nomli yangi spektakl namoyishiga universitet talabalarini jalb qilishdi.
Mazkur spektakl o‘zbek millatiga xos tantilik, an’ana va urf-odatlarga hurmat bilan qarash shuningdek, yorga sadoqat va chinakam muhabbatni tarannum etganligi bilan talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.