Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univerditetida Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirokida “O‘ZBEKISTON — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda universitetning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi mudiri F.Yaqubov tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati va 5 ta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan chora-tadbirlar shuningdek, loyiha umumxalq muhokamasiga qo‘yilgani, bu borada bildirilayotgan takliflar haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.
Yakunda talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.