#targ‘ibot_tadbiri
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Axborot xavfsizligi oyligi“ munosabati bilan “Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda universitet profilaktika inspektori N.Agabekov, Yakkakurash sport turlari fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari S.Eshpo‘latov va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalar axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tomondan, shuningdek global, hududiy hamda lokal tarmoqlar orqali bo‘ladigan tahdidlar to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.