📣Diqqat E'lon‼️
👩💼👨💼Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari!
✔️Sizlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar” tanlovi e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.
🔽Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli loyihalar qabul qilinadi:
✍️Pedagogika va psixologiya fanlari
✍️Texnika fanlari
✍️Qishloq xoʻjaligi
✍️Iqtisodiyot fanlari
✍️Tibbiyot fanlari
✍️Filologiya va ijtimoiy fanlar
✍️Huquq fanlari
✍️Yer toʻgʻrisidagi fanlar
✍️Veterinariya va chorvachilik fanlari
✍️Tarix va arxeologiya fanlari
✍️Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari.
Xususan, “Pedagogika va psixologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha quyidagi mavzularda loyihalar qabul qilinadi:
✔️Sport kurashlarida tayyorgarlik turlarini tasnifi boʻyicha saralash texnologiyasini ishlab chiqish;
✔️Oliy taʼlimda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalarning adaptiv sport turlari boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashning zamonaviy parametrlarini va pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish;
✔️Mashgʻulot va musobaqa faoliyati sharoitida “Sunʼiy intellekt”ni qoʻllash orqali sportchilarning psixologik holatini korreksiyalash dasturiy taʼminotini yaratish.
🗓Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 1-avgust sanasiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
➡️Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar universitetning Ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi (“E” bino 305-xona) tomonidan taqdim etiladi.