#konferensiya
Bugun, 26-iyun kuni poytaxtimizda joylashgan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Sport sohasida gender tenglik: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Sport vaziri Adkham Ikramov, Bosh prokuror o'rinbosari Svetlana Ortiqova va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda tegishli vazirlik va idoralar mas’ullari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham ayol professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.
Xususan, konferensiya davomida universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori K.Shakirjanova “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar sportini yanada rivojlantirishda gender siyosatining o‘rni” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi.
Shuningdek, tadbirda so‘nggi yillarda yurtimizda sport sohasida, ayniqsa, xotin-qizlarni sportga jalb etish bo‘yicha samarali ishlar tashkil etilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.