#uchrashuv
✅Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 382-sonli qarorida bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
🏊🏻🚣🏻♀️2025-yil 27-iyun kuni mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tegishli soha vakillari va talablar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️Unda “Uzbekistan Aquatics” Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Bahodir Tojiyev, “Uzbekistan Aquatics” Federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi Sayyora Fayziyeva, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, “Uzbekistan Aquatics” Federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi Ijrochi direktori O‘tkirbek Rashidov, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
📍Universitet hamda “Uzbekistan Aquatics” Federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu uchrashuvda universitetning suv sport turlari yo‘nalishidagi bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, ularning murabbiylik faoliyatini olib borishlariga ko‘maklashish, shuningdek, Toshkent viloyatida suv sport turlarini aholi orasida ommalashtirish va rivojlantirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashildi.