Xabaringiz bor joriy yilning 24 iyul - 3 avgust kunlari voleybol bo'yicha 19 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi.
Yurtimiz mezbonligida kechadigan jahon chempionati bahslarida 24 ta davlatdan jamoalar ishtirok etadi hamda ushbu chempionat o'yinlarining saralash bahslari Toshkent viloyatida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o'tkaziladi.
✅Bugun Sport vaziri o'rinbosari Sh.Maxmudov, Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari, Chirchiq shahri hokimligi mas'ullari, hamda universitet rahbariyati ishtirokida Voleybol bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bo'yicha universitetda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash jarayonlari bilan tanishib, ushbu jarayonlarni o'z vaqtida va sifatli bajarib, belgilangan muddatlarda topshirish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.