Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida universitet rektori ishtirokida xorijiy professor-o‘qituvchilar hamda birinchi bosqich xorijiy talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
📑Uchrashuvda Xitoy, Turkiya, Germaniya, Bangladesh va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek, Xitoy, Rossiya va Ozarbayjon davlatlaridan universitetimizga o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan davra suhbatida xorijiy professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyati, kelgusidagi hamkorlik rejalari, ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mavjud taklif va masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.
👦Ayniqsa, universitetimiz safiga yangi qo‘shilgan xorijiy talabalar bilan yaqindan tanishilib, ularning ta’lim jarayoniga moslashuvi, o‘qishi va yashashi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar universitetda ta’lim olish, sport bilan shug‘ullanish, ilmiy va ijtimoiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
➡️Uchrashuv yakunida xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan doimiy muloqotni mustahkamlash, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda universitetda ular uchun yanada qulay ta’lim va ilmiy muhit yaratish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.