Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi ochiladigan ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish hamda yangi yo‘nalishlar sertifikat olish yuzasidan ZOOM platformasi orqali onlayn tashrif amalga oshirildi.
✅Mazkur jarayonda O‘zbekiston respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimi Rahmatjon Ro‘zmetov, agentlik tomonidan belgilangan 17 nafar ekspertlar komissiyasi a'zolari hamda universitet rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
O‘rganilgan ta’lim dasturlari:
🟣61010200 - Sport faoliyati: turon
🟣61010200 — Sport faoliyati (penchak silat)
🟣61010200 — Sport faoliyati (fijital basketbol)
🟣61010200 — Sport faoliyati (fijital futbol)
🟣61010200 — Sport faoliyati (para dzyudo)
🟣61010200 — Sport faoliyati (para paurlifting)
🟣61010200 — Sport faoliyati (para yengil atletika)
🟣61010200 — Sport faoliyati (para suzish)
🟣61010200 — Sport faoliyati (para taekvondo)
🟣61010200 — Sport faoliyati (para velosport)
🟣61010200 - Sport faoliyati: sport akrobatikasi
🟣60410800 - Sport menejmenti
🟣60411200 - Sport marketingi
🟡O‘rganish davomida mazkur ta'lim dasturlari bo‘yicha ish beruvchi tashkilot vakillarining fikrlari eshitilib, o‘quv-uslubiy ta’minot, moddiy-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilar salohiyati hamda ushbu jarayonlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
⏩Shuningdek, ekspertlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📑Mazkur o‘rganish ishlari universitetda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.