Ayni kunlarda 2026–2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilingan yangi talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan bugun 9-sentabr kuni bo'lib o'tgan universitet rahbar hodimlari va talaba yoshlar uchrashuvida mas'ullar tomonidan
✍Universitet hayoti va ichki tartib-qoidalari;
🔴O‘quv jarayonining imkoniyatlari haqida;
✅Til kurslari, pazandachilik va sport to‘garaklari haqida, shuningdek, universitet odob-axloq qoidalari, kredit-modul tizimi hamda o’quv va dars jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar to'g'risida ma’lumotlar berilib, talabalar ham o’z taklif va tashabbuslarini bayon etib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
✅“Birinchi kurs maktabi”ning asosiy maqsadi – talabalarni yangi muhitga tezroq moslashtirish, ularni o‘quv, ilmiy-ijtimoiy va sport faoliyatiga keng jalb etishdir.