O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahri aholisi va mehmonlari uchun tashkil etiadigan Mustaqilligimizning 35-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🔘2026-yil 18-iyul kuni mazkur tadbir doirasida Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDqT) kiruvchi korxona va tashkilotlar ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazilib, ularning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi baholandi. Saf ko‘rigi davomida maxsus texnika va asbob-uskunalarning shayligi, xodimlarning safarbarlik holati hamda belgilangan vazifalarni tezkorlik bilan bajarish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, bayram tadbiri davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda tezkor harakat qilish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vazifalari yana bir bor belgilab olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.