📑Bugun, 26-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Universitet rektori Rashid Matkarimov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish avvalida mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar, shuningdek, universitet tomonidan 2026-yil iyul–sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.
🗣️Shundan so‘ng Kengash raisi tomonidan universitetda iyul–sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’ruza qilindi.
✅Kengash yig‘ilishida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
🧢O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlari hamda Sport vazirligi qaror va buyruqlarining ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sifati;
🧢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qonunchilik hujjatlarida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish hamda yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashga oid topshirig‘i;
🧢Professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari;
🧢“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-sentabrdagi 05/31-1/1-48-sonli topshirig‘ida belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati;
🧢Nufuzli xorijiy delegatsiyalar a’zolariga Faxriy professor va Faxriy doktor unvonlarini berish masalalari.
⚡️Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.