📑Joriy yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yengil atletika va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ulligida “Zamonaviy sport turlarida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt: imkoniyat va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
⚡️Anjumanning kirish so‘zini universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.Gaziyev ochib berib, zamonaviy sportni rivojlantirishda ilm-fan, raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
🌎Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston va mamlakatimizning yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
✔️Anjuman davomida sportchilarning tayyorgarligi, sport mashg‘ulotlarini takomillashtirish, sportchilarni saralash, jismoniy va psixologik tayyorgarlik, zamonaviy ta’lim metodikalari hamda sport sohasida innovatsion yondashuvlarga oid dolzarb ilmiy mavzular muhokama qilindi.
Xalqaro miqyosdagi olim va mutaxassislarning ishtiroki ilmiy tajriba almashish, ilg‘or tadqiqot natijalarini ommalashtirish hamda sport ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirish uchun muhim ilmiy muloqot maydonini yaratdi.
🟡Anjuman O‘zbekistonda sport ilm-fani va ta’limini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.