O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, universitetimizda tahsil olayotgan 1-kursdan 2-kursga o‘tadigan, 2-kursdan 3-kursga o‘tadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda 1- kurs dan 2-kursga o‘tadigan magistratura mutaxassisligi talabalari uchun joriy yilning (2026) 15-iyul sanasidan 20-sanasigacha (shu kuni ham) https://my.hemis.uz/ sayti orqali grant taqsimoti uchun ariza berish jarayonlari ochilganini ma'lum qilamiz.
➡️Izoh. Taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA ko'rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo'lishi talab etiladi.