📑Bugun, 3-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga O‘zbekali Janibekov nomidagi Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti rektori, Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, qo‘l jangi bo‘yicha sport ustasi Alibek Nurtayev hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti Axan Dameunovdan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
👦Tashrif avvalida ikki oliy ta’lim muassasasi rektorlari o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
📌Tomonlar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
🟢professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish;
🟢qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
🟢xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish;
🟢sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish;
🟢o‘quv dasturlarini takomillashtirish va ilg‘or metodikalarni joriy etish.
🗣Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitetning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, ilmiy laboratoriyalar hamda sport inshootlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga sport infratuzilmasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.
✍️Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, sport ta’limi va ilmiy salohiyatni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.