🗣28-fevral kuni musobaqaning yopilish hamda g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chirchiq shahar hokimligi, Chirchiq harbiy prokuraturasi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi hamda para kamondan otish qo‘mitasi vakillari, hakamlar hay’ati, murabbiylar va sportchi-yoshlar ishtirok etdilar.
✅Tadbirni O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi F.A. Abdullayev ochib berib, musobaqaning mamlakatimizda kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va ularni xalqaro maydonlarga tayyorlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
✔️Chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 260 nafardan ortiq sportchi ishtirok etib, 18 metr masofaga otish, mix (indoor), olimpik raund hamda jamoaviy dasturlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
📑Musobaqa yakunlariga ko‘ra, sportchilar hakamlar tomonidan adolatli baholanib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
🌎Mazkur chempionat mamlakatimizda kamondan otish sport turini ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yuqori sport natijalariga erishishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.