🗣️Mazkur memorandum joriy yil 24 fevral kuni muhtaram Prezidentimizning Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda viloyatdagi sport va oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy-metodik hamkorlikni kuchaytirish hamda sport ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim hamkorlik kelishuvi amalga oshirildi.
✅Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Toshkent viloyati Sport boshqarmasi o‘rtasida, shuningdek viloyatdagi 30 ta sport ta’lim muassasalari hamda universitetning ixtisoslik kafedralari bilan memorandumlar imzolandi.
📑Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi sport maktablari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani kuchaytirish, ilmiy-amaliy tajribani oshirish va malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqishdan iboratdir.
Hamkorlik memorandumlari doirasida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olingan:
➡️ Viloyatdagi sport ta’lim muassasalari va universitet o‘rtasida metodik, ilmiy va kadrlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;
➡️Sport maktablariga universitet kafedralarini biriktirish orqali o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish;
➡️Dual ta’lim tizimini joriy etish hamda universitet talabalarining sport maktablarida amaliyot o‘tashini tashkil etish;
➡️Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va tajriba almashish;
➡️Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
➡️Respublika sport tashkilotlari va federatsiyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish.
🔶Shuningdek, boshqarmasi tasarrufidagi sport ta'lim muassasalarida mutaxassislar malakasini oshirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎤Mazkur hamkorlik kelishuvlari sport sohasida ta’lim sifati va mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish, shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.