📖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Axborot-resurs markazi tomonidan “Ona tilim-faxrim” nomli yangi kitoblar taqdimoti tashkil qilindi.
🗣Ona tilini e’tirof etish xalq mustaqilligining, millat ma’naviy o‘zligining dastlabki shartlaridan biridir. Zotan, til-millat ko‘zgusi, taqdiri, manfaati, davlatchilik ramzidir. Uni himoya qilish, asrab-avaylash, targ‘ibu tashviq etish, sayqallashtirish, barqarorlashtirish shu mamlakatning har bir fuqarosi, shu millat vakillarining vazifasi va ma’naviy burchidir.
✅2025-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya sport universitetining Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan “Ona tilim – faxrim” nomli yangi kitoblar taqdimoti tashkil qilindi.
🔺Ko‘rgazmada o‘zbek tilining boy tarixini aks ettiruvchi badiiy adabiyotlar bilan birga universitet professor-o‘qituvchilarining yangi nashrdan chiqqan kitoblari ham namoyish etildi.