📶Joriy yilning 28-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Milliy qadriyatlar - ma’naviyat koʻzgusi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
💠Tadbirda kafedraning professor-oʻqituvchilari hamda Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabalari bilan birgalikda milliy laparlar, “Alla”, “Kelin salom”, “Kim oladi shuginani”, “Arqon tortish” milliy oʻyinlari, “Doʻppi” raqsi, milliy taomlar, milliy liboslar va folklor yoʻnalishida koʻrgazmalar ham tashkil etildi.
➡️Tadbir soʻngida hakamlar tomonidan turli nominatsiyalar e’lon qilinib, esdalik sovgʻalari topshirildi.