Bugun 29-oktabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining navbatdagi Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
🗣Kengash yig'ilishi universitet rektori R.Matkarimov raisligida o'tkazilib, 2025-yil oktabr oyi mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan ustuvor masalalar, jumladan 14-oktyabr kuni mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi, 17-oktyabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi, 21-oktabr kuni davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi, 24-oktabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy bitimning imzolanishi va ushbu bitimning ahamiyati bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.
✔️Shundan so'ng, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Ilmiy unvonga tavsiya etish, universitetni xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilinadigan top 1000 talik ro‘yxatiga kiritish yo‘nalishida olib borilayotgan chor-tadbirlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sportda sun'iy intellektni qo‘llash va boshqa shu kabi masalalar ko‘rib chiqilib, Kengash tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.