Talabaga e’tibor!
🗣Xabaringiz bor ertaga 3-sentabr kunidan bu yil talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlanadi.
📍Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida universitet ostonasidan ilk bor kirib kelgan har bir talaba iliq kutib olinmoqda. Ularga nafaqat bilim maskanining eshiklari, balki mehr-muhabbat va e’tibor eshiklari ham keng ochilmoqda.
✅Universitetda talaba-yoshlarning qulay yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib 2156-o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan talabalar turar joyi shay holatga keltirilib, mazkur maskanga talabalar joylashtirilmoqda.