Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlari davom etmoqda.
Bugungi imtihon jarayonlari Sport vaziri Adkham Ikramov hamda mas'ullar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
Shuningdek, ushbu jarayonlar davomida mutasaddilar tomonidan abituriyentlar hamda sport turlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar raisi va a'zolari bilan suhbat o‘tkazildi.
Ularning imtihonlar jarayonlari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilayotgani borasidagi fikr va mulohazalari tinglandi hamda Sport vaziri oldindagi imtihon jarayonlarida abituriyentlarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Imtihon jarayonlarida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, imtihon natijalari ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar orqali kiritiladi va bunda har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi.
Imtihon jarayonlari shaffofligini ta'minlash maqsadida quyidagi havola orqali onlayn (https://www.jtsu.uz/uz/e/admission-pages/4486-jonlikuzatish2025-2026) kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Web-Sayt (https://gov.uz/sport/) | Telegram (https://t.me/Minsportuz) | Facebook (http://fb.com/MinistrySportUz) | Instagram (https://www.instagram.com/minsport.uz/) | Youtube (http://bit.ly/30pICdW)