#sayyor_qabul
✅Ma’lumki, OTM va mahalla hamkorligi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati tomonidan Chirchiq shahar fuqarolari va o‘quvchi-yoshlari uchun sayyor qabullar tashkil qilib kelinmoqda.
✔️Navbatdagi sayyor qabul bugun, 22-may kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shukurjon Gaziyev boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan 25-umumta’lim maktabida “Ishonch” MFY fuqarolari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi.
✍️ Qabul davomida universitet vakillari tomonidan sport ta’limi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport to‘garaklariga jalb etish, universitet sport inshootlariga kirish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kirish tartibi, belgilangan talablar va imtiyozlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
💬Yakunda sayyor qabul ishtirokchilarining turli yo‘nalishlarga oid murojaatlari ham tinglanib, ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar olib borildi.