🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-martdagi PQ–103-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasida 2025-yil 21-aprel kuni oʻtkazilgan majlisning 21-son bayonida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, joriy yilning 21-may kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
✔️ Mazkur “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga Toshkent viloyatining Angren shahri, Bekobod shahri, Bekobod tumani, Boʻka tumani, Boʻstonliq tumani, Chirchiq shahridagi umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi oʻquvchi-qizlari jalb qilindi. Tadbir davomida universitetda tahsil olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirilib, mavjud sport maydonlari hamda sport inshootlari boʻylab ekskursiya tashkil qilindi.
➡️ Shuningdek, bitiruvchi oʻquvchi-qizlarga Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi taʼlim yoʻnalishlari, shakllari, qabul kvotalari, oʻtish ballari haqidagi axborotlar aks etgan flayerlar taqdim qilindi.