#seminar
🗓️Joriy yilning 19-20 may kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari boʻlib oʻtdi.
🖥Unda “Odam savdosi: Zamonaviy tahdid va xotin-qizlar himoyasi”, “Ayollar migratsiyasi va odam savdosi: Chet elda ishlashdagi xavflar”, “Xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish, buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etish mexanizmlari, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish masalalari” hamda “Onlayn muhitda xavfsizlik: Talaba-qizlar nimaga eʼtibor berishi kerak” kabi dolzarb mavzularda maʼruzalari qilindi.
✔️Ahamiyatlisi, ushbu seminarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ismailova ham faol ishtirok etdi.
💬Shuningdek, seminar davomida tizimdagi muammolar muhokama qilinib, yechimlari yuzasidan fikrlar bildirildi. Undan tashqari oliy taʼlim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarining hisobotlari tinglandi hamda o‘zaro tajriba almashildi.