#fijital_sport
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar orasida “Kelajak o‘yinlari”ni rivojlantirish hamda ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida FIJITAL sport turining “FIFA” va "NBA" o‘yinlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
👬👬Musobaqa davomida fijital sport turiga qiziquvchi 10 ta jamoa o‘rtasida shiddatli bahslar kechib, o‘yin jarayonlari kafedra mas’ullari tomonidan kuzatib borildi.
✔️Yakunda “FIFA” o'yinida 4-bosqich talabalaridan iborat "Amigos" jamoasi, “NBA o'yinlarida esa 3-bosqich talalabalaridan tashkil topgan "BK-SKA" jamoasi g'olib deb topildi va mazkur jamoalar musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘l oldi.