#marafon
Diqqat E'lon!!
🎓Universitet professor-o'qituvchilari va talabalari diqqatiga!
🏃Sizlarga joriy yilning 7-may kuni soat 8:00 da universitetning Yengil atletika hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedralari hamkorligida 9-may xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab O'zDJTSU professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlar va talabalar o'rtasida 1 milya (1609 m) marafon musobaqasi o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
✔️Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar o‘z talabnomalarni Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga 6-may kuni soat 17:00 ga qadar topshirishlarini so‘raymiz.
🏢Musobaqa joyi: universitetning “A” bino hovlisi.
Barchani ushbu musobaqada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.