#talaba_yutuqlari
 
📆Joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyatidagi mavjud oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
 
🏢Musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmualarida o‘tkazilib, unda talaba-yoshlar sportning voleybol, basketbol va stol tennisi turlaridan g‘oliblik uchun bahslashishdi.
 
Yakunda barcha sport turlari bo‘yicha oliygohimizning iste’dodli talaba yigit-qizlariga teng keladigani topilmadi va umumjamoa hisobida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 🥇birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
 
💐👏Barcha sportchilar va murabbiylarimizni g‘alaba bilan qutlaymiz!