#yil_sarhisobi
#yangi_yil
🎄Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Xush kelding, yangi yil!” shiori ostidagi “Yil sarhisobi” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
♻️Tadbir universitet rektori, professor Maxmudjon Boltabayevning kirish so‘zi bilan boshlandi. Rektor o‘z nutqida universitetning joriy yilda erishgan yutuqlari va amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi hamda barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy qutladi.
👑Ko‘tarinki kayfiyat va hayajonli lahzalarga boy bo‘lgan tadbirda oliygohning bir guruh professor-o‘qituvchilari, fidoiy xodimlari va talaba-yoshlar turli nominatasiyalar bilan taqdirlandi va e’tirof etildi.
👉Quyida nominatsiya g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:
“Eng yaxshi darslik” muallifi – ZIYADULLAYЕV KOMIL SHAMSIYЕVICH (Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri);
“Eng yaxshi o‘quv qo‘llanma” muallifi – MA'MUROVA LAYLO KOMIL QIZI (Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti);
“Yil o‘qituvchisi” – QURBONOV XURSHID XOLLIYEVICH (Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi);
“Eng faol kafedra” – Boks, kikboks, muaytay nazariyasi va uslubiyati kafedrasi;
“Eng faol fakultet” – Sportni boshqarish fakulteti;
“Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” – ESHPO'LATOV SARDOR SOBIRJANOVICH (Yakkakurash sport turlari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari);
“Eng faol tibbiyot xodimi” – XUDAYQULOVA OYDINOY OMONOVNA (Tibbiy sanitariya bo‘limi shifokori);
“Eng faol bo‘lim” – Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi;
“Eng faol tyutor” – NURMETOV ATANAZAR SOPARBAYЕVICH (Ko‘pkurash sport turlari fakulteti tyutori);
“Eng faol tarbiyachi pedagog” – YULDASHЕV DONYOR BAXTIYOR O‘GʻLI (3-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi);
“Eng yaxshi fakultet yoshlar yetakchisi” – BOTUROV MURODJON MUSTAFA O‘GʻLI (Yakkakurash sport turlari fakulteti yoshlar yetakchisi);
“Eng faol universitet imidji targ‘ibotchisi” – ABDUGʻAFFOROVA NIGORA SHOKIROVNA (Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxasisi);
“Eng yaxshi maqola” muallifi – EMINA MURADASILOVA (Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi);
“Eng yaxshi tadqiqotchi” – TOSHPULATOV XASAN MURODULLA O‘GʻLI (Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi);
“Eng yaxshi komendant”- BADALXODJAYEVA FOTIMA PAXRIDINXOJAYEVA (A bino komendanti);
“Eng yaxshi xo‘jalik xodimi” -KUCHKAROV DONIYOR NE’MATOVICH (Ta’minot bo‘limi boshlig‘i);
“Eng fidoiy xodim” – AMANBAYEVA ALIYA ABDUMO‘MINOVNA (Madaniyat saroyi - ishchi xodimlar, farroshlar);
“Eng fidoiy xodim” – PAYGANOV TEMUR SHARIPBAY O‘G‘LI (Manej –qorovullar orasidan);
“Eng fidoiy xodim” - ORINBASAROVA RAUSHAN TURLIBEKOVNA (ishchi xodimlar);
“Eng yaxshi buxgalter” – YULDASHEV SARDOR KURBANALIYEVICH;
“Eng faol Yoshlar ittifoqining Yoshlar kengashi a’zosi” – SHOMUROTOV HAMDAMBEK QO‘SHNAZAR O‘G‘LI;
“Eng fidoiy xodim” – JABBAROV NABIJON NEGMURADOVICH;
“Eng fidoiy xodim” – SHAKIROV DAMIR GULSHANOVICH.