🇺🇿Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida haftaning har payshanba kuni yurtimizda “Yoshlar kuni” sifatida e’lon qilingan. Mazkur tashabbus yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ochiq muloqotni rivojlantirish orqali ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
🗣 2026-yil 2-aprel kuni mazkur vazifalar ijrosi doirasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport Vaziri Adxam Ikramov va universitet talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟣Muloqot davomida yoshlarning takliflari, kelajak rejalari, ilmiy ishlanmalar, sport hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
📈Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.