26-mart kuni «Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi» sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va prorektorlari, sport klublari rahbarlari ishtirok etgan yigʻilishga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raislik qildi.
Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlarini sportga keng jalb etishga qaratilgan mazkur musobaqalar Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Olimpiada 3 bosqichda oʻtkaziladi:
—oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida (1–30-aprel);
—hududiy bosqich (1–15-may);
—respublika finali (1–10-iyun).
Musobaqalar 7 ta sport turi basketbol 3x3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol boʻyicha yurtimizdagi barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/146317
👉 На русском (https://gov.uz/ru/edu/news/view/146317)
👉 In English (https://gov.uz/en/edu/news/view/146317)