#jarayon
Olimpiya chempioni talabalar bilan uchrashdi
Bugun, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ko’pkurash fakultetida yangi o‘quv yilini ochilish munosabati bilan birinchi bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ogʻir atletika sport turi boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni va rekordchisi Akbar Joʻrayev, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi mutasaddilari, terma jamoa murabbiylari ishtirok etishdi.
Qizg'in savol-javoblarga boy bo'lgan mazkur tadbirda Olimpiya chempioni Akbar Joʻrayev talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy