Kuni kecha 2021/2022-o‘quv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun oliy taʼlim muassasalarida 6-sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari) boshlandi.
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Maxmudjon Boltabayev universitetning boks taʼlim yo‘nalishiga qabul qilingan 1-kurs talabalariga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Mustaqillik” darsini o‘tdi.
#mustaqillik_darsi